“Liverpul” jarohatlangan yulduzga xaridor
“Liverpul” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Barselona” futbolchisi Usmon Dembeleni Angliyaga olib kelmoqchi.
24 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Dembele hali yangi shartnomaga rozilik bergani yo‘q. “Barselona” prezidenti Joan Laporta agar frantsiyalik o‘yinchi yangi bitim tuzmasa, joriy mavsumda maydonga tushirilmasligini uqtirmoqda.
Usmon Dembele yangi mavsumda hali birorta o‘yin o‘tkazgani yo‘q. Mohir futbolchi Evropa chempionatida jarohat olgan va salomatligini tiklash bilan band.
Bu o‘yinchiga Evropaning boshqa klublaridan manfaatli taklif bo‘layotgan “Liverpul”ning rejasini o‘zgartirib yuborishi ham hech gap emas.
Fikrlar