Klopp: "Chempionlik uchun oxirigacha ko‘rishamiz"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Lids"ga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, "Liverpul" chempionlik uchun kurashishda davom etadi.
"90 daqiqa davomida bizni himoyada kutib olishga harakat qilish - foydasiz. Biz baribir bunday vaziyatda gol urib keta olamiz.
Tarkibda Salohdek futbolchilar bor ekan, goldan xavotir olmasak ham bo‘ladi. Har qanday sharoitda ham uni to‘xtatib qolish oson bo‘lmaydi.
"Siti" bilan farq 3 ochkoga etdi. Lekin bu hafta oxirida yana yo‘qqa chiqsa kerak. Nima bo‘lganda ham biz oxirigacha kurashamiz", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar