Klopp futbol tarixidagi eng zo‘r murabbiy nomini aytdi

  • 4 iyul, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” va “Borussiya Dortmund” klublarining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbol tarixidagi eng kuchli ustoz kimligini aytdi.

Tecno

- Menda ser Aleks Fergyuson bilan aloqador bir necha ajoyib holatlar bo‘lgan. U bilan suhbatlashishning o‘zi ham juda katta sharaf. Murabbiy uchun amalga oshirishi mumkin bo‘lgan eng zo‘r narsa bu Fergyuson bilan o‘tirib, uni tinglash. Uni tushunish uchun menga o‘n daqiqa kifoya qildi.

Fergyuson futbol olamidagi eng buyuk murabbiy. Uni qattiq hurmat qilaman. Uning murabbiy sifatida qo‘l urgan ishlarini qaytarish oson emas, - dedi Yurgen Klopp.

Ser Aleks Fergyuson futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan. Bu mutaxassis  “Manchester Yunayted”ni 1986-2013 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida “Yunayted” futbolchilari 13 bor Angliya chempionati g‘olibi, besh marta Angliya kubogi sohibi va ikki marta Evropa Chempionlar ligasi chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!