
Klopp “Lill”ni chempion qilgan futbolchini chaqirdi
“Liverpul yozda tarkibini yangilaydi. Xususan, Yurgen Klopp klubni tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Jerdan Shakiri o‘rniga boshqa futbolchi topdi.
“Liverpul” rahbariyati yarim himoya chizig‘iga yakunlangan mavsumda “Lill”ning Frantsiya chempioni bo‘lishida katta xizmat qilgan Jonatan Ikoneni olib kelishni rejalashtirmoqda. Inglizlar 23 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha muzokarani boshladi.
“Lill” ham o‘z etakchisini transfer qilib, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishga qarshi emas. Ular Ikoneni 40 million evroga baholamoqda.
“Liverpul” frantsuzlarga boshqacha variant taklif qilmoqda. Ular Jonatan uchun 25 million evro to‘lab, Jerdan Shakirini qo‘shib bermoqchi.
Ikona o‘ng qanotni to‘liq yopish barobarida maydon markazida hujumkor yarim himoyachi vazifasini ham uddalay oladi.
Fikrlar