
Klopp "Liverpul"ga kelib qo‘shilgan yaponiyalik futbolchining o‘yini haqida nimalar dedi?
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bosh murabbiyi kecha Angliya liga kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan “Everton”ga qarshi o‘yinda debyut qilgan yaponiyalik futbolchi Takumi Minamino haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Hammasi super! U aynan biz istagan futbolchi. Notanish jamoada birinchi marta o‘ynash qiyin albatta. Ammo, Minamino o‘zini yo‘qotmadi. Uning maydonda amalga oshirgan harakatlari va to‘p bilan qilgan munosabatlari judayam ajoyib edi. U o‘yin davomida hamisha hujum chizig‘ini qo‘llab-quvvatladi. U charchaganga o‘xshamadi, lekin biz uni hozircha yaxshi bilmaymiz va shu bois zaxiraga olishga qaror qildik”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Minaminoni joriy qishki transferlar davrida "Red Bull Zaltsburg"dan 10 mln evro evaziga sotib oldi.
Fikrlar