Klopp "Liverpul"ga La Ligadan zo‘r hujumchi topdi
"Selta" klubi forvardi Maksi Gomes "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashrining yozishicha mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp 22 yoshli urugvaylik futbochini Daniel Starrijning o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Qayd etish lozimki, vigoliklar Gomesni 50 mln evroga baholashmoqda, biroq APL grandi bu narxni pasaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum “Selta” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar