Klopp: "Saloҳni ortda qoldirish juda qiyin bo‘ladi"

  • 27.03.2026 12:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yurgen Klopp "Liverpul"ni tark etadigan Muhammad Saloҳ haqida fikr bildirdi.

"U bilan ishlayotganda, boshqa futbolchilarga aytgan gaplarning o‘zi aytasiz: “Bu yerda to‘pni yo‘qotma, bu yerda himoyaga yordam ber”. Shu kabi oddiy talablar.

Lekin umumiy manzaraga qarasangiz — bu shunchaki aql bovar qilmaydi. Uning statistikasi tengsiz. 10 yildan keyin ham bu haqida gapiramizmi? Balki kimdir — masalan, Yugo Ekitike yoki boshqa bir futbolchi — bu natijalarga yetar.

Ammo menimcha, Saloҳ natijalarini takrorlash juda qiyin bo‘ladi.

Men uchun Saloҳ — barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri", — deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklarning sobiq murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!