Klopp Xavidan norozi futbolchiga taklif yubordi

  • 1 iyun, 2023, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibning jangovarligini oshirish maqsadida bir necha yangi ijrochilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Daily Mail nashrining yozishicha, “Liverpul” mutasaddilari bosh murabbiy talabiga ko‘ra, “Barselona”ga Jyul Kundeni so‘rab, taklif yubordi.

Frantsiyalik futbolchi “Barselona”dagi holatidan norozi. U o‘zi ko‘nikkan himoya markazida to‘p tepmoqchi. Xavi Ernandes undan o‘ng qanot himoyachisi sifatida foydalanayotgan Kundega yoqmayapti va tezroq “Kamp Nou”ni tark etmoqchi bo‘lyapti.

“Barselona” o‘z safida ilk mavsumini o‘tkazgan futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Buning uchun xaridor Kataloniya klubiga 60 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!