Klopp yozda murabbiylikni boshlaydi. Superklub bilan shartnoma imzolangан!

  • 30.03.2026 06:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik jurnalist Fransua Gallardo ijtimoiy tarmoqlarda Yurgen Klopp kelasi yozdan boshlab Madridning “Real” klubida bosh murabbiy sifatida ish boshlashini  ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, qaror dekabr oyidayoq qabul qilingan va shartnoma allaqachon imzolangan.

Bunda jamoaning hozirgi murabbiyi Alvaro Arbeloa qandaydir sovrin yutsa-yutmasa, ahamiyatga ega emas.

Avvalroq matbuotda Madrid klubining nemis mutaxassisiga qiziqishi haqida xabarlar chiqqan edi. Shuningdek, Kloppning kelajagi Madriding “Atletiko” klubi bilan ham bog‘langan edi.

Nemis murabbiy “Liverpul”dan ketganidan keyin murabbiylik faoliyatini to‘xtatgan edi. Yurgen Klopp “Liverpul”da to‘qqiz yil ishlagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!