"Klub darvozabonni Moskvaga jo‘natadi" - Ro‘ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani

  • 16.09.2021 22:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 18-turida “Nasaf”  o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘yin tugagach, maydon egalarining ustozi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Bugun o‘yin og‘ir bo‘ldi. Bunga tajribali raqib sabab. Birinchi bo‘limdagi tashabbusimizni oxirigacha ushlab qoldik. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazgan bo‘lsak ham asosiysi g‘alabani qo‘ldan chiqarmadik. Raqibga nisbatan nazorat qilishda ko‘proq xato qilgandirmiz, ammo vaziyatlarda ulardan ancha ustunlik qildik. Bir nechta vaziyatlarda Nesterov ham yaxshi harakat qildi.

- O‘rinbosarlar tarkibida Shaxzod Nuriddinov yaxshi o‘ynadi va uchta gol urdi. Uni ham keyingi o‘yinlarda sinab ko‘rasizmi?

- Bilasizlar, o‘rinbosarlar uchrashuvini har o‘yinda ko‘raman. Ularning o‘yiniga qarab ba’zida mashg‘ulotlarimizni ham ertaroq tashkil qilamiz. Barcha yoshlarni kuzatyapmiz. O‘sadiganlarini asosiy tarkibga jalb qilamiz. Haqiqatan Nuriddinov zaxiradan maydonga tushib ajoyib o‘ynadi. Barchasi e’tiborimizda.

- OFK Kubogi oldidan kayfiyat qanday? Raqibni qay darajada o‘rgandinglar?

- O‘zim bo‘lajak raqibning OFK Kubogidagi ikkita o‘yinini to‘liq ko‘rib chiqdim. Tajribali jamoa. Kuchli legionerlarga ega. Hindistonning eng yirik, boy klublaridan. Buni ham yigitlarga ko‘rsatamiz va kerakli gaplarni aytamiz.

- Norchaevni o‘rniga Kaluderovichni tushirdingiz. Umuman, ikkala hujumchining tandemini qanday ko‘ryapsiz?

- Ba’zi uchrashuvlarda ular birgalikda harakat qilishyapti. “Turon” bilan bahsda ham yomon o‘ynashmadi. Lekin bugun raqibni va keyingi uchrashuvni hisobga olgan holda bitta hujumchi bilan o‘ynashga qaror qildik. Keyingi uchrashuvgacha vaqt bor.

- O‘yindan keyin Nesterov bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdingiz-u, ammo u sizga norozi holatda nimanidir tushuntirishga harakat qildi...

- Norozi emas. Yosh yigitlaringiz juda tajovuzkor harakat qilyapti dedi. Albatta, bu - futbol. Kurashlarga boy bo‘lishi kerak. Boydullaev yoki Nesterov kabi o‘yinchilar bilan kurashmaslik bu noto‘g‘ri-ku. Qaerdadir yoshlarimiz noto‘g‘ri harakat qilgan bo‘lsa, men uzr so‘rayman. Nesterovni juda hurmat qilamiz. Boydullaev ham vaqtida “Nasaf”ning etakchilaridan biri bo‘lgan, g‘alabalarga katta hissasini qo‘shgan. Bu futbolchilar bilan munosabatimiz yaxshi. Hazillashib gaplashdik va keyingi o‘yinlarda bir-birimizga omad tiladik.

- Muhim uchrashuv oldidan hech qanday yo‘qotish yo‘qmi?

- Ba’zi yoshlarimizda kichik jarohatlar bor. O‘ylaymanki, uchrashuvgacha hammasi tiklanadi.

- Darvozabon masalasi...

- Albatta, Ne’matovni jarohati jiddiy. Anchadan beri o‘yinlarimizda qatnashmayapti. Klub uni Moskvaga jo‘natadi. U erda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!