Klub uch futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 20.01.2023 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Borussiya” rahbariyati mavsum yakunlanganidan keyin uch nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi.

Manbalarning ta’kilashicha, dortmundliklar yozda ikki  himoyachi – Rafael Gerreyru va Feliks Passlak, shuningdek, hujumchi Antoni Modestga chiqish eshiklarini ko‘rsatadi.

Mavsum oxirida uchala futbolchining shartnomasi yakunlanadi va ularga yangi bitim taklif qilinmaydi.

Qizig‘i shundaki, Gerreyru va Modest asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanadi. Portugaliyalik himoyachi 12 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga ham erishgan. Frantsiyalik hujumchi 13 ta o‘yinda o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!