Klubdan ketaman, yettita xaridorim bor!
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Chelsi”ning o'ng qanot himoyachisi Josh Achimpong klubdan ketishga qaror qildi.
19 yoshli iqtidor egasi unga o'yin vaqti kam berilayotgani va o'zi istagan darajada maydonga tushirilmayotgani sababli jamoasini almashtirishga qaror qildi.
Achimpong ishsiz qolmaydi. Hozirning o'zida yosh himoyachiga ish berishga tayyor klublar ro'yxati aniq bo'lib ulgurgi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Bundesligadan “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”, shuningdek Angliyadan “Bornmut”, “Nyukasl”, “Kristal Pэlas”, “Tottenxem” hamda “Vest Xem” unga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Transfermarkt saytida Achimpongning bahosi 25 million yevro ekani ko'rsatilgan. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari raqiblar darvozasiga 2 ta gol ham urgan.
Fikrlar