Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Rashidovning "Al-Jazira"si musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2017 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start berildi. 

Musobaqaning ilk turida mezbon mamlakat vakili, hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p suradigan "Al-Jazira" klubi hamda Yangi Zelandiyaning "Okland Siti" jamoalari maydonga chiqishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi "Al-Jazira" 1/4 final bosqichida Osiy Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblangan Yaponiyaning "Urava Reds" klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

"Al-Jazira" - "Okland Siti" 1:0

Gol: Romarino 38'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!