
Klublar o‘rtasidagi JCh. Bugun final! "Real" Saudiya grandiga qarshi maydonga tushadi
Bugun Marokash mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Hal qiluvchi o‘yinda Madridning “Real” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Hilol” yarim finalda Braziliyaning “Flamengo” klubini 3:2 hisobida taslim etgan bo‘lsa, “Real” final ostonasida Misrning “Al-Ahli” klubini 4:1 hisobida engdi.
Fikrlar