
Klublar o‘rtasidagi JCh. "Real" Misr klubini taslim etib, finalga yo‘l oldi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Al-Ahli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qaymoqranglilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 42-daqiqada Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, 47-daqiqada Valverde oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 65-daqiqada misrliklar futbolchisi Ali penaltidan unumli foydalanib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bellashuv yakuniga yaqin Rodrigo hamda Arribas hisob yirik ko‘rinishga kelishini ta’minladi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari turnir finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar