Klyuyvertning o‘g‘li Gollandiya terma jamoasiga chaqirildi
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman mart oyidagi FIFA kunlari munosabati bilan tashkillashtiriladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun 33 nafar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilar orasida 18 yoshli “Ayaks” yarim himoyachisi Jastin Klyuyvert ham bor. Aytish lozimki, Jastin yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri hisoblangan Patrik Klyuvertning o‘g‘li hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Gollandiya dastlab 23 mart kuni Angliyaga qarshi, so‘ngra 26 mart kuni Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.



Fikrlar