Asosiy mazmunga oʻtish

KO‘JCh. PSJ "Inter Mayami"ni yirik hisobda yutdi. Messi turnirni tark etdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Chempionlar ligasida zafar quchgan jamoa bu turnirda ham o‘z yurishini davom ettiradi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan PSJ - "Inter Mayami" uchrashuvi yakunlandi. 
 
Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar "Inter Mayami" ustidan 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Bellashuvning 5-daqiqasidayoq Joau Nevesh hisobni ochgan edi. 39-daqiqaga kelib esa yana portugaliyalik yarim himoyachi gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limning 44-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Hakimining qanotdan uzatgan pasi Avelasga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Shuningdek, marokashlik fulbek ham 45+3-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 5 iyul kuni soat 21:00 da "Flamengo" - "Bavariya" g‘olibi bilan chorak finalda to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q