Kojo Joel Qirg‘iziston milliy jamoasi safiga yo‘l oldi

  • 02.06.2024 14:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" hujumchisi Kojo Joel FIFA kunlari doirasida Qirg‘iziston milliy jamoasi yig‘iniga borib qo‘shildi.

Qo‘shnilarimiz JCh-2024 ikkinchi saralash bosqich so‘nggi ikki turi doirasida 6 iyun kuni Bishkekda Malayziyani qabul qilsa, 11 iyun oqshomida safarda Ummon milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi. Qirg‘izlar hozirda D guruhida 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Ummon hisobida ham 9 ochko bor, Malayziyada esa 6 ochko mavjud. Ushbu ikki o‘yindan keyin dastlabki 2 jamoa 3-saralash bosqichiga yo‘llanma oladi. Qirg‘iziston safidagi so‘nggi o‘yinida xet-trikka erishgan Kojoga bu bahslarda omad tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun, 7 may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan "Dinamo" - "Olimpik" o‘yini Temur Kapadzening iltimosiga binoan qoldirilgandi. PFL ushbu bahsni 13 iyunga ko‘chirgan va Kojo 11 iyun oqshomida Maskatda o‘tadigan bahsdan keyin klub safiga etib kelishi lozim bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!