Kolo-Muani: Tanqidlar xuddi maslahat kabi

  • 10 fevral, 2024, 18:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Randal-Kolo Muani PSJga transfer qilingan summasi haqida fikr bildirdi. Frantsuz Parij klubiga "Ayntraxt"dan 95 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi.

"PSJga kelganimda tanqidlarga duch keldim. Tanqidlar sizni rivojlantiradi, xuddi maslahat kabi. Buni baribir inobatga olishingiz va takomillashishingiz kerak. Shunda tanqidlar ham yo‘qoladi. Bu mantiqiy. 

Transfer narxiga keladigan bo‘lsak, bu men uchun yana bir bosim. Men ushbu holatni asta-sekin hazm qilaman", dedi hujumchi. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!