Kolumbiya hamda saralashdan o‘tishi kutilayotgan Kongo jamoalari haqida bilishingiz kerak bo‘lgan qiziqarli faktlar!
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "K" guruhidan joy oldi va Portugaliya, Kolumbiya bilan kuch sinashishi aniq bo‘ldi. Shuningdek, 4-o‘rin uchun Kongo, Yamayka va Yangi Kaledoniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Kongo terma jamoasi ushbu uch jamoa ichida JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Sababi, jamoa JCh saralashi doirasida o‘z guruhida Senegaldan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Pley-off bahslarida esa Kamerun va Nigeriyani taslim etib, qit’alararo saralashga yo‘l olgan edi.
Ko‘plab futbol muxlislari Portugaliyadan farqli ravishda Kolumbiya va Kongo terma jamoalari haqida kamroq ma’lumotga ega. Saytimiz esa ushbu ikki jamoa haqida qiziqarli faktlarni sizga taqdim etadi.
Kolumbiya terma jamoasi haqida:
FIFA reytingida - 13-o‘rin;
Tarkibidagi yulduz futbolchilar: Daniel Munos ("Kristal Pelas"), Davinson Sanches ("Galatasaroy"), Xames Rodriges ("Leon"), Luis Dias ("Bavariya"), Jefferson Lerma ("Kristal Pelas"), Richard Rios ("Benfika"), Luis Suares ("Sporting"), Jon Arias ("Vulverxempton"), Jon Lukumi ("Bolonya");
Jahon chempionati saralashida - 3 o‘rin;
Kopa-Amerika 2024’da - Vitse-chempion!
Kongo Demokratik Respublikasi haqida:
FIFA reytingida - 56-o‘rin;
Transfermarkt qiymati - 135 million evro
Tarkibidagi yulduzlar: Aksel Tuanzebe ("Byornli"), Artur Masuaku ("Sanderlend"), Aaron Uan-Bissaka ("Vest Xem"), Noa Sadiki ("Sanderlend"), Sedrik Bakambu ("Betis"), Ngalayel Mukau ("Lill"), Yoan Vissa ("Nyukasl").
Ma’lumot uchun, Uan-Bissaka va Tuanzebe bir vaqtlari Angliya Premer-ligasining "Manchester Yunayted" klubida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymati 64 million evroni tashkil etadi. FIFA reytingida esa jamoamiz 50-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar