Kolumbiya so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi (video)

  • 10 iyul, 2021, 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiya va Peru terma jamoalari Amerika kubogining bronza medallari uchun o‘zaro maydonga tushdi.

Braziliya Milliy stadionida kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuv yakunda 3:2 hisobida kolumbiyaliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Shu kuni Kolumbiya safida gollarni Kuadrado va Dias (dubl) kiritgan bo‘lsa, peruliklarning javob gollariga Yotun va Lapadula mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Endi ushbu jamoalarni yarim finalda mag‘lub etgan Braziliya va Argentina 11 iyul kuni musobaqa g‘olibligi uchun maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!