Kolumbiyaliklar O‘zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrda?

  • 12.12.2025 13:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadigan O‘zbekiston "K" guruhidan joy olib, Kolumbiya va Portugaliya bilan bahs olib boradi. To‘rtinchi jamoa esa saralash bosqichidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Mashhur "Casablanca Sports" nashrining kolumbiyalik jurnalistlari o‘z terma jamoasining guruhdagi raqiblari haqida quyidagicha fikr bildirdi.

"Qur’a natijalari ma’lum bo‘lgandan keyin barcha raqiblarimizni ko‘rib chiqdik. Eng katta e’tiborni, albatta, Portugaliya bilan bir guruhdan joy olganimiz tortdi. Qiziq tomoni shundaki, Portugaliya bilan biz hozirga qadar biror marta ham o‘zaro to‘qnash kelmaganmiz.

Ammo ko‘pchilik qiziqqan yana bir raqib bor — bu O‘zbekiston. Ularning bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 3-4-2-1 taktikasiga juda mahorat bilan yondashadi va dinamik o‘yin uslubi bilan ajralib turadi. Bu tizim ularga Osiyoda katta natijalar bergan. Ular uzoq va biz uchun unchalik tanish bo‘lmagan mamlakat bo‘lishi mumkin, lekin futboli shiddat bilan rivojlanmoqda. "Oq bo‘rilar"ni Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deyish xato bo‘lmaydi", — dedi jurnalistlar.

Ma’lumot uchun, mundial 2026 yilning 11 iyunida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/12/2025 21:46
Колумбия,коч,"Ок бурилар"келяпти.