Koman "An-Nasr"ga o‘tishga rozi!
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman "An-Nasr"ga o‘tishga rozi. Saudiya klubi futbolchi bilan to‘liq kelishuvga erishdi, deya xabar beradi "Bayern & Germany".
"An-Nasr" ayni damda myunxenliklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Kingsli Koman iyun oyida 29 yoshga to‘ldi va uning hozirgi transfer qiymati Transfermarktda 30 million evroga baholanmoqda.
Frantsiyalik futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.



Fikrlar