Koman "Bavariya"da qolmoqchi

  • 18 fevral, 2021, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman Myunxenda qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish bor. "Qizil iblislar" unga yiliga 14,4 million evro maosh berishga tayyor. Ammo Koman jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. O‘z navbatida "Bavariya" rahbaryati ham tarkibning etakchi a’zosini yo‘qotishni xohlamayapti.

Kingsli Koman joriy mavsum "Bavariya"da 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!