Koman: "Ronaldu bilan birga o‘ynash katta sharaf"

  • 15.09.2025 15:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kingsli Koman "An-Nasr"ga o‘tganidan keyin Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surishdan mamnun ekanini bildirdi.

Frantsuz yarim himoyachisi yozda "Bavariya"dan Saudiya klubiga qo‘shilgandi.

"U juda kuchli futbolchi, u bilan birga o‘ynash men uchun katta sharaf. Bolalarimga Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynaganimni faxr bilan aytaman. Har doim bunday futbolchilar bilan yonma-yon bo‘lish yoqimli", – deya ta’rif berib o‘tdi "Bavariya"ning sobiq futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" chempionatning 2-turida "Al-Xolud"ni (2:0) mag‘lub etdi. Koman o‘yinda Sado Manega assist berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!