
Komiljon Tojiddinov: Murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman
"Norin" jamoasining eng yosh o‘yinchisi Komiljon Tojiddinov uchun bugun futbol olamida debyut o‘yini bo‘ldi. Ushbu o‘yinchi endigina 16 yoshga to‘lgan bo‘lib, birinchi liga baxslaring 3-turida "Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa mobaynida juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
- Men bugun maydonga tushar ekanman, bugun katta imtixon bo‘ldi. Uchrashuvda menda katta xayajon bo‘ldi. Chunki maydonda muxlislar soni ko‘p edi. Jamoadoshlarimga bugun meni qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun raxmat aytaman. Xattoki uzoq masofadan yo‘llagan zarbalarim ham ko‘ngildagidek chiqqani meni xursand qildi. Nasib qilsa, keyingi uchrashuvlarda murabbiyim va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman, - deya so‘zini yakunladi Tojiddinov.
Fikrlar