Komiljon Tojidinov: "Navbahor"ning yutug‘iga munosib hissa qo‘shish niyatidaman

  • 01.10.2019 13:30
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. “Lochinlar” yarim himoyachisi Komiljon Tojidinov bo‘lajak uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Tajribali jamoadoshlarim bilan birgalikda bo‘lajak o‘yinga jiddiy va puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Garchi “Dinamo”ning 2-davra bahslarida unchalik omadi kelmayotgan bo‘lsa-da, har qanday raqibni hurmat qilish lozim. Samarqandliklarga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushib, ishqibozlarga quvonch ulashamiz, degan umiddamiz. Men ham maydonda barcha imkoniyatimni ishga solib, “Navbahor”ning yutug‘iga munosib hissa qo‘shish niyatidaman.

Fursatdan foydalanib, muxlislardan jamoamizni bevosita stadionda 12-o‘yinchi sifatida, munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
01/10/2019 15:27
Эшиттикда. ОСТОН УРУНОВ НАВБАХОРга Кайтарканла мавсум охирида дарахт бир жойда кукаради укам ОСТОН Бабани гапи кириб яхши иш кимадинг хеч ким кара сен хакингда гапирмай куйди навбахор далигиннда хар тур ОСТОН хакида матбуот тинмасди тугрими хакикат бу уй га кай укам ОСТОН
Абдусамат Жураев
01/10/2019 15:23
Наманганда жалами тошми егсаям минглаб мухлислар киради бугун яхши уйин ва ажойиб галаба кутамиз навбахор