Konate: "Liverpul" qayta qurilmoqda va yana sovrinlar yutadi"
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate jamoadagi qayta qurilish jarayoni va hozirgi natijalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik futbolchining ta'kidlashicha, mersisaydliklar yangi o‘yinchilarni jalb qilmoqda va jamoa hali bir-biriga moslashish bosqichida.
"Biz yangi futbolchilarni olib kelyapmiz, moslashyapmiz, bir-birimizni tushunishga harakat qilyapmiz va vaqt o‘tishi bilan albatta sovrin yutamiz. Biz muvaffaqiyatga erishamiz, Premier-liga yoki Chempionlar ligasini yutganimizda esa odamlar barcha omadсиз mavsumlarni unutib yuboradi", — dedi Konate ESPN’ga bergan intervyusida.
Futbolchi shuningdek, "Liverpul" muxlislarini alohida e'tirof etib, ayni vaqtda barcha jamoa atrofida birlashishi kerakligini aytdi.
31 turdan keyin "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 49 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tish joiz, mersisaydliklar mamlakatning amaldagi chempionlari hisoblanadi.
Fikrlar