Kongo terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishi ortidan klublar norozi

  • 04.04.2026 03:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Yevropaning bir qator klublari  Kongo terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishi ortidan yuzaga kelgan vaziyatdan norozilik bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, jamoa 52 yillik tanaffusdan soʻng mundialga yoʻl olganidan keyin mamlakatda dam olish kuni eʼlon qilingan. Shu sababli futbolchilar rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun ushlab qolingan va oʻz klublariga kechikkan holda qaytishgan.

FIFA qoidalariga koʻra, futbolchilar terma jamoa yigʻinidan soʻng 48 soat ichida oʻz klublari ixtiyoriga qaytishi shart. Biroq ushbu holat qoidalar buzilishiga sabab boʻlgan.

Jumladan, “Lill” klubi yaqinidagi chempionat oʻyinida Shansel Mbembasiz harakat qilishga majbur boʻladi. Klub rahbariyati bu holatga keskin munosabat bildirdi:

“Bu masala FIFA intizom qoʻmitasiga taqdim etildi. Bu klublar uchun xavfli pretsedent, chunki aynan klublar futbolchilarga maosh toʻlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, “Espanol” jamoasi Sharl Pikel xizmatidan foydalanа olmadi. oʻyinchilarning kechikib qaytishi sabab “Betis”, “Elche” va “Kastelyon” klublari ham muammoga duch kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!