KONMEBOL Messini 1ta o‘yinga chetlatdi va 1500 dollar jarima soldi

  • 24 iyul, 2019, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining diskvalifikatsiyasi borasida qaror qabul qildi.

Tecno

TyC Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra KONMEBOL 32 yoshli futbolchini 1ta o‘yinga chetlatadi va 1500 dollar jarima soladi. Ta’kidlash kerakki, bu Messi uchun Chiliga qarshi bahsda raqib futbolchisi Gari Medel bilan sodir bo‘lgan janjalga taaluqli.

Uning tashkilot haqida gapirgan gaplari esa keyinroq ko‘rib chiqiladi. Katta ehtimol bilan uning diskvalifikatsi muddati uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi Amerika kubogi bronza medallari uchun kechgan bahsdan so‘ng KONMEBOLni poraxo‘rlikda ayblagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!