Konor Makgregor: Ahmoq ham bir marta chempion bo‘lishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor chempionlk kamarlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Men uchun mag‘lubiyat qiziq hisoblanadi. Keyin “kambek”ni kuzataman. Biz har doim qaytara olamiz! Har kim bir marta nimadir qilish mumkin. Ikki martachi? Bu endi masala. Mana nima uchun men har gal titullarni oshiraman. Har qanday ahmoq ham bir marta bo‘lsada chempion bo‘lishi mumkin, – deb yozadi Makgregor o‘zining “Tvitter” sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi marta o‘tgan yil oktyabr oyida UFC 229 turniri doirasida ringga ko‘tarilgan va Xabib Nurmagomedov bilan bo‘lgan jangning 4-raundida mag‘lubiyatga uchragan. Shunday qilib u rossiyalik sportchilar UFC chempionlik kamarini tortib ololmagan.

Avvalroq Konor bir vaqtning o‘zida engil vaznda ham, yarim engil vaznda ham UFC chempionlik kamarlariga egalik qilgan. Makgregor biror marta o‘z kamarlari bo‘yicha biror marta himoya jangini o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!