Konor Makgregor qaytsa, u uchun ideal raqib kim bo‘ladi?

  • 25.03.2026 13:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC afsonasi Dastin Porye yaqinda oktagonga qaytishini ayatayotgan Konor Makgregor uchun ideal raqib topdi.

"Menimcha, Konor janglarga qaytsa, dastlab, Maykl Chendlerga qarshi oktagonga chiqishi lomiz. Bu irland uchun qiyin, ammo ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Ushbu bahsda Makgregorning g‘alabasiga ishonaman. Chunki Chendler u qadar tezkor yigit emas. Konor esa haqiqiy snayper" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" nashri.

Ma’lumot uchun, Makgregor 2021 yil "UFC 264" turnirida Poryedan mag‘lubiyatga uchragach, hozirga qadar MMA janglarida qatnashmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!