Konor MakGregor "Real" sardori Serxio Ramosga javob qaytardi (Video)

  • 26 iyul, 2020, 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"Real" sardori Serxio Ramos bir necha kun oldin mashg‘ulotlarda UFC sobiq chempioni Konor MakGregorni parodiya qilgan edi. Ajoyib gol urganidan so‘ng, himoyachi Konorning yurishiga taqlid qildi va undan bu haqda qanday fikrda ekanligini so‘ragandi.

O‘z o‘rnida irlandiyalik jangchi futbolchining ijrosiga qoyil qolganini izohlab, bir necha kundan keyin unga o‘xshash uslubda gol urib javob berdi. Ramos ham MakGregorning Instagram sahifasidagi izohlarda ushbu videoga oid iliq fikrlarini qoldirdi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!