
Konor MakGregorning maqsadi ayon bo‘ldi
UFC prezidenti Dana Uayt mashhur jangchi Konor MakGregorning maqsadi haqida gapirib berdi.
Nufuzli tashkilot rahbari avvaliga Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida jang o‘tkazib, uchrashuv g‘olibini Konorga ro‘baro‘ qilmoqchi edi.
- Aslida shunday qilsak eng to‘g‘ri yo‘l shu. Lekin Konor boshqacha qarorga kelishi ham mumkin. Uni qanaqaligini hamma biladi. MakGregor Habib va Jastin o‘rtasidagi janggacha ham oktagonga chiqishi mumkin. Unda unga munosib raqib qidirishimizga to‘g‘ri keladi, - dedi Dana Uayt.
MakGregor so‘nggi jangini shu yilning yanvar oyida o‘tkazib, raqibi Donald Serroneni nokautga uchratgandi.
Fikrlar