Konte: Men Mourinoni hurmat qilaman va u ham meni hurmat qilishi shart
Londonning “Chelsi” klubi ustozi Antonio Konte “Manchester Yunayted”dagi hamkasbi Joze Mourino bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirib o‘tdi.
“Murabbiylar o‘rtasidagi munosabatlar unchalik muhim emas. Shunchaki biz bir-birimizning qilayotgan ishlarimizni hurmat qilishimiz lozim. U meni raqibim va men ham uning raqibi hisoblanaman. O‘yindan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Men uni hurmat qilaman va u ham meni hurmat qilishi shart”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 5 noyabr kuni APLning 11-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi.



Fikrlar