Konte o‘rniga Allegri keladimi?

  • 22 avgust, 2020, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter”da yangi haftada jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.

“Neradzurrilar” rahbariyati tez orada bosh murabbiy Antonio Konte bilan uchrashib, kelajak rejalarni muhokama qiladi. Ushbu uchrashuvda Konte iste’foga chiqarilishi ham mumkin. Agar bu sodir bo‘lsa, milanliklar ushbu lavozimga 2019 yilning may oyidan buyon ishsiz yurgan Massimiliano Allegrini taklif qilishni rejalashtirishmoqda.

Antonio Konte boshchiligidagi “Inter” o‘tgan mavsum A Seriyani 2-o‘rinda yakunladi va Evropa ligasi finaliga qadar etib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!