
Konte qishda uddalay olmagan ishini yozda amalga oshirmoqchi
"Barselona" xavbeki Arturo Vidal Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqida Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.
O‘tgan qishgi transfer oynasi vaqtida "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte chililik yarim himoyachini "Inter"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq Vidal mavsumning qolgan qisimida "Barsa"da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi imkoniyatlari sabab ushbu taklifga rad javobini bergan.
Mana ma’lumotiga ko‘ra, endi "neradzurrilar" bosh murabbiyi yozda ham ushbu transfer bo‘yicha ish olib borishni va bu uchun futbolchining oila a’zolari va do‘stlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar