Konte uni tarkibda olib qolmoqchi
"Sassuolo" xavbeki Stefano Sensi katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach "Inter"ning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.
Calciomercato nashrining yozishicha "neradzurrilar" 24 yoshli italiyalik futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olishga tayyor. Buni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antoni Konte xohlamoqda. Ayni damda klublar bu boradagi muzokaralarni boshlab yuborishgan. Sensining transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Sensi joriy mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar