Konya-2021. Dzyudochilarimizdan 2 ta oltin medal!

  • 15 avgust, 2022, 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan aka-uka Nurillaevlarning kattasi ham musobaqada shohsupaga ko‘tarildi. -66 kg vazn toifasida qatnashgan Sardor Nurillaev finalda marokashlik Abdurahmon Boushitani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohiblari qatoridan joy oldi.

Tecno

Shuningdek, terma jamoamiz vakilasi Nilufar Ermagambetova ham Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan qoraqalpog‘istonlik dzyudochimiz finalda jazoirlik Yamina Xalatani ippon bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!