Konya-2021. Rasul Atamuradov bronza medaliga sazovor bo‘ldi!

  • 15.08.2022 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Konya mezbonlik qilayotgan V Islom birdamlik o‘yinlaridan navbatdagi xushxabarni e’lon qilamiz! Bundan biroz avval para stol tennisi bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Rasul Atamuradov juftlik bellashuvlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi paralimpiya sportchilarining ishtiroki o‘z yakuniga etdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 7 nafar matonatli para atletimiz yakunda 8 ta medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shtirib qo‘ydi. Shulardan 3 tasi oltin, 2 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!