Ko‘p gol urgan hujumchi Zidanga shogird tushmoqchi

  • 22 sentabr, 2020, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan ketganidan buyon erkin agent maqomida yurgan Edinson Kavani o‘ziga munosib klub topa olmayapti.

Tecno

Bir necha klublar bilan muzokara o‘tkazib, maosh borasida kelisha olmagan urugvaylik hujumchi ikki marta o‘z xizmatini “Barselona”ga ham taklif qildi. Biroq, kataloniyaliklar super to‘purarni olish niyati yo‘qligini bildirdi.

Endi Kavani manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar uni “Real”ga tavsiya qilmoqda. Ular 33 yoshli to‘purarni tekinga qo‘lga kiritish varianti Zinedin Zidanni qiziqtirishiga ishonmoqda. Qolaversa, ayrim klublarning yiliga 10 million evrolik maoshini qabul qilmagan Kavani madridliklar safida 7 million evroga to‘p surishga rozi bo‘lishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!