
Kori Sendxagen "O'Melli – Dvalishvili" jangida kim favorit ekanini aytdi
O‘ta engil vazn toifasida eng yaxshi UFC jangchilaridan biri Kori Sendxagen divizion chempioni Shon O'Melli va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi bo‘lajak jangda kim favorit ekanini aytdi.
"O'Mellining g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekaniga ishonaman. Chunki bu jangchining kuchli zarbalari bor. Merab uni necha marta parterga olib kirmasin, O'Melli har doim stoykaga qayta oladi. Shuningdek, Shon juda xotirjam harakat qiladi. Unga yaqinlashish oson emas. Masofani qisqartirish uchun ko‘p harakat qilish kerak", – dedi Kori Sendxagen Jeyms Linchga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, O'Melli(18-1-1 N/C) va Dvalishvili(17-4) o‘rtasidagi jang 14 sentyabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 306" turnirida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar