
"Ko‘rishguncha" - Jasur Jaloliddinov "Andijon"ni tark etdi
Iste’dodli futbolchi Jasur Jaloliddinovning birinchi davradan keyin “Andijon”ni tark etishi katta ehtimol edi. Bu haqda o‘zi ham aytgandi.
Kecha “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan ham uning “Andijon” tarkibidagi oxirgi o‘yini ekanligi xususida gap-so‘zlar tarqalgandi. Yakunda bu o‘z tasdig‘ini topdi. Boisi shundaki, “Navbahor” ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabadan keyin Jaloliddinov o‘zining instagramdagi sahifasida shunday yozdi: “Andijon"ning barcha muxlislariga rahmat. Bu g‘alaba sizlar uchun. Ko‘rishguncha!”
Jasur klub va uning muxlislari bilan mana shunday tarzda xayrlashdi. U “Andijon” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. 3 marta sariq kartochka bilan “siylandi”.
Ayni paytda unga Superligadan va Evropadan aniq takliflar bor. Tez orada uni yangi klub safida ko‘rsak ajab emas.
Fikrlar