Koronavirus - sportchi faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin
Rossiya antidoping agentligi rahbari Yuriy Ganus koronavirus infektsiyasi sportchilar sog‘lig‘iga qanchalik ta’sir etishi mumkinligi haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Hozir koronavirus infektsiyasi sportchilar salomatligiga ta’siri, ehtiyotsizlik qilinsa, oqibatlari naqadar og‘ir bo‘lishi mumkinligi dolzarb mavzu bo‘lib turibdi. Sportchilarni ehtiyot qilishimiz zarur.
Koronavirus – birinchi navbbatda o‘pkaga zarba demakdir, sportchi uchun o‘pka – bu hamma narsa degani. Biz bilan birga ishlayotgan, bu virus va uning atrofidagi holatni o‘rganayotgan mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, bu kasallik sportchi faoliyatiga nuqta qo‘yishi hech gap emas.
Yakuniy javobni tadqiqotlar yakunlangach aytish mumkin bo‘ladi. Albatta, ko‘p narsa kasallik qanchalik og‘ir formada o‘tishi yoki aksi bo‘lishiga bog‘liq.
Hozir ko‘pchilik meni bo‘rttirmoqda, oshirib yuboryapti der, lekin men hech kimni qo‘rqitmoqchi emasman. Shunchaki meditsina sohasidagi mutaxassislar fikrini aytyapman, – dedi Yuriy Ganus.

Fikrlar