Koronavirus A Seriya grandlariga qancha zarar etkazdi?

  • 07.03.2020 00:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi Italiyada tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab qancha mablag‘ yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.

Football Italia nashrining xabar berishicha, “keksa sinora” A Seriya klublari orasida eng ko‘p yo‘qotishga uchragan. Italiya futbol federatsiyasi 3 aprelga qadar bo‘lgan o‘yinlarni muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Shundan so‘ng 3 ta uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazishi oydinlashgan “Yuventus” jami hisobda 12,3 mln evro daromadini boy beradigan bo‘ldi.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoalar to‘rtligidan esa "Milan" (2,7 mln evro), "Inter" (2,7) va "Roma" (2,3) klublari joy olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!