Koronavirus pandemiyasi italyan klublari uchun qanchaga tushmoqda?
Il Mattino nashri xabariga ko‘ra, Italiya klublari uchun koronavirus pandemiyasi 700 million evroga tushishi mumkin.
Joriy mavsum yakuniga etkazilmasa klublar byudjeti ushbu taxminiy raqamlar miqdorida zarar ko‘radi. Agar chempionat davom ettirilsa yo‘qotishlar miqdori 160 170 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, klublar kutilayotgan moliyaviy zarbani yumshatish maqsadida futbolchilar maoshlarini 15-20 foizga kamaytirishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar