Koronavirus Ronaldu uchun foydalimi?

  • 05.04.2020 19:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronalduning sobiq ustozi Leonel Pontesh koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus portugaliyalik futbolchining foydasiga ishlaydi deb hisoblayldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

“Uning yoshida bu tanaffus foydali bo‘ladi. Batareyalarni qayta quvvatlantirib, o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi.

Ronalduning 35 yoshda ham barqaror o‘yin ko‘rsatayotganiga aqlbovar qilmaydi. U ko‘p yillardan buyon yuqori darajada o‘ynab kelmoqda”, - deydi Pontesh.

Ronaldu joriy mavsum “Yuve” safida 32 ta o‘yinda 25 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!