
Koronavirus Suaresga "yordam berdi"
"Barselona" forvardi Luis Suares aprel oyi oxirlarida maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Shu tariqa 32 yoshli urugvaylik futbolchi La Liga o‘yinlarida yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng yana jamoasiga yordam berishi mumkin. Aytish kerakki, koronavirus sabab La Liga o‘yinlari 5 aprelga qadar to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Suares yanvar oyida o‘ng tizzasidan jarohat olgan edi.
Fikrlar