
Koronavirus tufayli futbol klubi barcha futbolchi va xodimlarini ishdan bo‘shatdi
Peru ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Deportivo Koopsol” klubi koronavirus pandemiyasi tufayli jamoaning butun tarkibi va xodimlarini ishdan bo‘shatdi.
Bunga koronavirus tufayli yuzaga kelgan to‘xtalish paytida jamoa a’zolariga maosh to‘lash imkoniyati yo‘qligi sabab sifatida keltirib o‘tilgan. Endi klub chempionat qayta boshlansa, ushbu xodimlarni yangi mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishi mumkin.
Peru 2-divizioni 2 may sanasidan boshlanishi kerak edi. Biroq, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi chempionat o‘yinlari koronavirusga qarshi vaktsina topilgunicha boshlanmasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar