Koronavirus yozgi transferlar oynasiga ham ta’sir qilishi mumkin
Koronavirus epidemiyasining tarqalishi sabab yozgi transfer oynasi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqida Football-italia nashri xabar bermoqda.
Italiya nashriga ko‘ra, bu safargi transferlar oynasiga iyul oyida emas avgustda start berilishi kutilmoqda.
Ushbu qarorga jamoalar mavsumni transfer muammolarisiz yakunlab olishi uchun kelinishi mumkin, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda ichki chempionat va Evrokuboklar rejalashtirilmagan ta’tilga chiqishdi. Shuningdek, Evropa chempionati ham boshqa muddatda o‘tkazilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Fikrlar